Reley

Reley — SGS birliklar tizimidagi solishtirma akustik qarshilik birligi. J.U. Reley sharafiga qo’yilgan. 1 Reley = 1 dinas/sm3 = Yuns/m3 = Yupas/m.

Ro’vak

Ro’vak (paniculo) — o’simlik to’pgulining bir turi. Bunday to’pgulning bosh o’qida gul shoxchalari joylashadi; Masalan, oqso’xta, suli, sholi va boshqalar.

Roja

Roja (sanskritcha — podshoh, hukmdor) — Hindistondagi hokimlar unvoni. Ilk o’rta asrlarga oid bitiklar va adabiy asarlarda Roja unvoni maxaroja unvoniga qarshi qo’yilib, odatda, vassal hokimni anglatgan.

Rishta

Rishta (Dracunculus medinensis) — to’garak chuvalchanglar (nematodalar) sinfiga mansub chuvalchang. Asosan, sut emizuvchilar terisi ostida parazitlik qiladi, drakunkulyoz kasalligiga sabab bo’ladi. Tirik lichinkalar tug’ib ko’payadi. Rishta tropik va subtropik mamlakatlarda … Read More

Risola

Risola (Arabcha — xat, xabar) — 1) muayyan kasb-hunar va uning tartib-qoidalariga oid kitobcha, ustav (Masalan, kulollik Risolasi, novvoylik Risolasi); 2) kichik hajmli kitob, broshyura; 3) biror ilmiy masalaga bag’ishlangan … Read More

Rio-Bermexo

Rio-Bermexo — Janubiy Amerikadagi daryo, Paragvay daryosining o’ng irmog’i. Uzunligi 1600 kilometr, havzasining maydoni 133 ming km2. Markaziy and tog’larining Sharqiy yon bag’irlaridan boshlanib, Gran-Chako tekisligidan oqadi. O’rtacha suv sarfi … Read More

Rinoskopiya

Rinoskopiya (Yunoncha rhinos — burun va … skopiya) — burun bo’shlig’i, devori va yutqinni ko’rib tekshirish usuli. «Rinoskopiya» terminini Chex fiziologi I.Chermak (1860) tatbiq etgan. Rinoskopiyada burunkergich va peshonaga taqiladigan … Read More

Rinologiya

Rinologiya (Yunoncha rhinos — burun va … logiya) — otorinolaringologiyaning burun anatomiyasi, fiziologiyasi va Patologiyasini, shuningdek, burun kasalliklari, ularni davolash va oldini olishni o’rganadigan bo’limi.