I

I — o’zbek kirill alifbosining o’ninchi harfi. Til oldi, lablashmagan, tor unli tovush. Tilning bo’ylama holatiga ko’ra old qator hamda orqa qatori turlariga ega (bu hol imloda aks etmagan). Yumshoq o’zaklar bilan kelganda (siz, til, kishi, yirik) ochiq va yopiq bo’g’inlarda til oldi turi; qattiq o’zaklarda, xususan, chuqur til orqa undoshlar bilan kelganda til orqa turi qo’llanadi. Bu fonema so’zning turli o’rinlarida kela oladi. Turkiy xalqlar, shu jumladan o’zbek xalqi uchun umumiy bo’lgan yozuvlarda I harfi o’ziga xos shaklda bo’lgan. Ular quyida keltirildi.