Litiyning asosiy birikmalari

Litiyning asosiy birikmalari. Litiy gidrid , LiH — rangsiz kristall. Suyuqlanish temperaturasi 692° (inert atmosferada): zichligi 776 kg/m3. Sanoatda Litiyning asosiy birikmalari, shuningdek, deyterid LD suyuq Litiyni toza vodorod (yoki D2), bilan 630-730°da bevosita gidrirlab olinadi. Vodorod va yoqilg’i olishda, sintezda ishlatiladi. Litiy gidroksid, LiOH — rangsiz kristall; zichligi 1440 kg/M1, suyuqlanish temperaturasi 473°. 1000° da Li2O va N2O ga parchalanadi. Kontsentratlangan eritmalar odatdagi temperatuada shisha va chinnini, qizdirilganda ko’pgina metallarni (nikel, oltin va kumushdan boshqa) yemiradi. Litiy va uning oksidlarini suvda eritib va boshqa usullarda olinadi. Ishqorli akkumulyatorlarda, stearat, oleat va palmitat kabi birikmalarini olishda va Protivogazlarda, suv osti kemalarida, aeroport va samolyotlarda karbonat angidridni yutuvchi vosita sifatida ishlatiladi. Litiy karbonat, Li2CO3 — rangsiz kristall; zichligi 2111 kg/m3, suyuqlanish temperaturasi 732°, bundan yuqori temperatuada parchalanadi. Suvda oz eriydi. Sanoatda potash, ko’pincha, sodani Litiy tuzlari eritmasiga ta’sir ettirib olinadi. Pirotexnikada, qora metallurgiyada, shisha va sopol buyumlar, plastmassalar va boshqalar ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Litiy oksid, Li2O — rangsiz kristall; zichligi 2013 kg/m3, suyuqlanish temperaturasi 1453°. 200°da havoda qizdirib olinadi. Litiy oksid LiNO, ni 600°da (mis ishtirokida), LiCO3 ni 700° da parchalash yo’li bilan ham olinadi. Maxsus shishalar olishda, sir, emallar va boshqalar ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Litiy ftorid G’ — rangsiz kristall; suyuqlanish temperaturasi 849°, qaynash temperaturasi 1700°, zichligi 2600 kg/m3, 1000° da bug’lana boshlaydi. Suvda juda sekin, nitrat va sulfat kislotada oson eriydi. Metallarni eritish va payvandlashda, kislotaga chidamli shaffof shisha, emal va sirlar, lyuminofor va lazer materiallar ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Litiy xlorid, LiCl — rangsiz kristall; zichligi 2070 kg/m3, suyuqlanish temperaturasi 610°, qaynash temperaturasi 1382°. Suvda yaxshi eriydi. Litiy xlorid spirt va boshqa organik erituvchilarda erishi bilan NaCl va KS1 dan farq qiladi. Havoni konditsiyalashda, organik sintezda, fotoreagentlar ishlab chiqarishda, batareya va flyuslar tayyorlashda qo’llaniladi.