Najmiddinov Shokir
Najmiddinov Shokir (1903.15.1 -Toshkent — 1990.19.10) — aktyor, suflyor. O’zbekiston xalq artisti (1970). Ijodini 1918 yil havaskor aktyor sifatida boshlagan. 1919-22, 1924-27, 1934-57 yillar Hamza teatrida aktyor, 1957-75 yillar suflyor. Buxoro va Toshkent madaniy oqartuv muassasalarida ishlagan. Najmiddinov epizodik rollar ustasi bo’lib, uning ijodi kuchli psixologik dramatizmi bilan ajralib turadi. Sulaymon, Asqar (U. Hojibekov, «Arshin mol olon»), Karimbaxshi, Arslon (Fitrat, «Hind ixtilochilari», «Arslon»), Ortiqboy (G’. Zafariy, «Halima»), Ishchi (U. Ismoilov, «Rustam»), Rodrigo (U. Shekspir, «Hamlet»), Yusufjon (K. Yashin, «Xolisxon»), Domla (Oybek, «Qutlug’qon») va boshqalar uning sahnada yaratgan obrazlaridan namunalaridir.
O‘xshash so‘zlar
- Najmiddin
- Najmiddinov Haydar
- Najmiddin Kubro maqbarasi
- Najmiddinov Muhiddin hoji
- Najmiddinov Tursun Xo’jayevich
- Najmiddin Komilov (1937-2012) kim bo’lganini bilasizmi?
- Nalbandyan Mikayel Lazarevich
- Nalchik shahri











