Najmiddinov Haydar

Najmiddinov Haydar (1850- 1922) — o’ymakor naqqosh, Farg’ona o’ymakorlik maktabi asoschisi. Otasi usta Najmiddindan hunar o’rgangan. 1890 yildan Qo’qonda o’yma naqshli eshiklar va bezaklar yaratgan; binolarning sharafa, muqarnaslarini yaratishga, musiqa asboblarini badiiy bezashga mohirligi bilan shuhrat qozongan. «Parang» («ustasi Parang») laqabini olgan. Ijodida pargari naqsh (30 dan ortiq turi) dan foydalangan; u bezagan ko’p qirrali kursi, lavh, qutichalar jozibadorligi bilan ajralib turadi. Ko’plab shogirdlar tayyorlagan.