NEOKOLONIALIZM

NEOKOLONIALIZM — mustamlakachi davlatlarning o’z qaramligidan ozod bo’lgan mamlakatlar ustidan yangi, ancha tartibli usullar bilan o’z hukmronligini saqlab qolish va bu mamlakatlar xalqlarini ekspluatatsiya qilishga qaratilgan mustamlakachilik siyosati. Neokolonializm hukmronlikning metodlari rivojlanayotgan mamlakatlarga iqtisodiy va siyosiy shartlar asosida ―yordam berishni, teng huquqli bo‗lmagan shartnoma va bitimlar tuzishni, turli ittifoq va bloklarga tortishni, mustaqillik yo’liga o’tib olgan mamlakatlarning ichki ishiga aralashishni, qo’g’irchoq rejimlari tuzishni va h.k. o’z ichiga oladi.