Norjigitov Abduhakim

Norjigitov Abduhakim (1936.16.1, Dashtobod sh.) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1965). 1965— 77 yillarda Dashtobod shahridagi 25-maktabda fizika o’qituvchisi, direktor o’rinbosari, direktor. 1977 yildan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining yangier filialida tayyorlov bo’limi mudiri, 1979 yildan Zomin tumani 2 – maktablararo o’quv ishlab chiqarish kombinati direktori, 1989-2002 yillarda Zomin tumanidagi 39-maktabda o’qituvchi. Ish faoliyati davomida zamon talabi darajasidagi fizika va Agrofizika kabinetlar, fizika-matematika chuqur o’rganiladigan sinflar tashkil etdi, tabaqalashtirilgan test usulini qo’lladi va ommalashtirdi.