Qizil

Qizil — qizildoshlarga mansub daraxt va butalar turkumi, mevali va manzarali, dorivor o’simlik. Shimoliy yarim shar mamlakatlarida 4 turi tarqalgan. 250 yilgacha yashaydi. G’arbiy Ukraina, Moldaviya va Kavkaz o’rmonlarida ochiq qiyaliklarda va to’qayzorlarda, O’zbekistonning tog’li hududlarida bir turi — erkak yoki oddiy Qizil o’sadi. Daraxtining bo’yi 9 metr (butasi 4-5 metr), po’stlog’i kulrang, sur yoki jigarrang. Barglari uzun, gullari mayda, sariq, ikki jinsli, barglari yozilguncha (Mart-aprel) gullaydi. Asalarilar yordamida changlanadi. Sentabrda pishadi. Mevasi qizil, etli, cho’zinchoqroq, danakli. Tarkibida oshlovchi moddalar bor. Mevasi xomligicha ovqatga ishlatiladi, kompot, murabbo, marmelad va boshqalar turli konditer mahsulotlari tayyorlanadi. Yog’ochidan turli yog’och buyumlari tayyorlashda foydalaniladi. Tog’qiyaliklarini o’zlashtirish uchun ekiladi. Yaxshi asal beruvchi o’simlik.