Qosimxo’jayev Saidusmon

Qosimxo’jayev Saidusmon (1915. 15.5 — Toshkent viloyati yuqori Chirchiq tumani Kavardon qishlog’i — 1994.24.3) — 2-jahon urushi qatnashchisi, serjant. 1938 yildan armiyada. 1941 yil avgustdan frontda. 229-o’qchi polki (Markaziy front 19-armiyaning 8-o’qchi diviziyasi) vzvod komandiri. Chernigov viloyatining Korop tumanidagi Obolone qishlog’i uchun bo’lgan jangda ko’rsatgan jasorati uchun Qahramon unvoni berilgan (1943.11.9). Urushdan keyin turli rahbarlik lavozimlarda ishlagan. Vafotidan so’ng o’zi yashagan ko’chaga nomi berilgan.