Qoqi

Qoqi (forscha-tojikcha — quritilgan) — ayrim oziq-ovqat maqsulotlarini uzoq muddat saqlash usullaridan biri; quritilgan sabzavotlar, meva, qovun, go’sht, non va boshqalar. Olma, nok, shaftoli, o’rik kabi mevalar Qoqi qilishdan oldin yuviladi, olma, nok bir necha parrakka, danakli mevalar o’rtasidan ikkiga bo’linadi, urug’i (danagi)dan tozalanadi va xirmonda oftobda yoki maxsus elektr quritgichlarda quritiladi. Pomidorni parraklab (tuz sepiladi) yoki 2 bo’lib, baqlajonni uzunasiga 4 ga bo’lib Qoqi qilish mumkin. Kanop, qog’oz qoplarda, qutilarda salqin joyda saqlanadi. Qish faslida iste’mol qilinadi, kompotlar tayyorlanadi, ivitib ovqatga ishlatiladi yoki sabzavot Qoqilaridan salatlar tayyorlanadi.