SAN-FRANTSISKO ZILZILASI

SAN-FRANTSISKO ZILZILASI – AQShning eng chekka g’arbida, Sanfran- tsisko sh. yonida 1906 y. 8 apr.da mahalliy vaqt b-n soat 5 dan 12 min. o’tganda sodir bo’lgan. SF.z. Er yuzida eng halokatli er silkinishlaridan biri xisoblanadi. Zilzila kuchi 10— 11 ballga etgan; mag- nitudasi 8,25. Qirg’oq bo’yi tizmasidagi SanAndrias yorig’i bo’ylab tog’jinsla- rining bir necha km masofada to’satdan uzilib siljishi natijasida ro’y ber- gan. Seysmik to’lqinlar har tomonga yo’nalib, Kaliforniya va Nevada shtat- lari xududlarida 1 mln. km2 maydonni larzaga keltirgan. Meridian bo’ylab 430 km ga cho’zilgan er sinig’i yonida seysmik to’lqinlar 6-11 balli izoseyst zona- larni hosil qilgan. Sanfrantsisko va SantaRoza sh.lari eng ko’p vayron bo’lgan. Yo’l, kanalizasiya, suv ta’minoti insho- otlari qattiq shikastlangan. Sanfran- tsisko sh. kuchli yongin ichida qolgan. Sa- nandrias uzilmasi bo’ylab shaharlarda imoratlar birbiriga nisbatan 6,5 m gacha siljigan va ba’zi joylarda 1 m gacha ko’tarilgan. Jami 28,2 mingga yaqin uyjoy vayron bo’lib, 700 kishi qurbon bo’lgan.