San-Xose
San-Xose — Kostarika poytaxti. Irasu va Poas harakatdagi vulkanlari yaqinida, Markaziy vodiy platosida, 1170 m balandlikda joylashgan. Axo- liey 324 ming kishi (1990y.lar oxiri). Iqlimi subekvatorial iqlim, o’rtacha tra yanv.da 18°, iyulda 21°, yillik yog’in 1850 mm. Transamerika shossesidagi yirik transport yo’llari tuguni. Aero- porti xalqaro ahamiyatga ega. Oziqovqat, ko’npoyabzal, to’qimachilik, tamaki sano- ati korxonalari mavjud. Milliy teatr, milliy muzey, un-t, Tarix va til aka- demiyalari, kutubxonalar bor. Shaharga 1737-38 y.larda asos solingan. 18-a. da tamaki sanoatining yirik markazi bo’lgan. Teztez zilzila bo’lib turadi. Me’moriy yodgorliklardan sobor, Prezi- dent saroyi, Milliy saroy, teatr bino- si va b. saqlangan. Turizm rivojlangan.