Sovun qanday ixtiro qilingan?

Suv qadimda odamzot ozodaligini saqlovchi birdan-bir modda bo’lgan. Bu ish juda qiyin kechgan, zotan inson terisi hamma vaqt yupqa yog’ qatlamiga ega bo’ladi. Mana shu bois qadimgi Rimdayoq odamlar yog’liq teri ustidagi ifloslikni yuvib tashlash ustida bosh qotirganlar. Insonning shu maqsadda ishlatgan ilk moddasi kul bo’ldi. Kulda ishqor bo’lganligidan yog’ni yaxshi yuva olgan. Biroq kuldan foydalanish asnosida inson boshqa muammoga duch keladi: kulga tushib qolgan mayda ko’mir kukunlarini yuvib tashlash uchun ancha ko’p suv sarf etilardi. Shu bois odamlar suv kam talab qiladigan samarali vosita ixtiro qilish borasida judayam ko’p urindilar. Sovun ishlab chiqarish uchun hayvon yog’lari va ishqor xomashyo bo’ladi. Ularni birga qo’shib qaynatganda har xil kimyoviy reaksiyalar sodir bo’lib, natijada sovun vujudga keladi. Hozirgi zavodlarda sovun ishlab chiqarishda asosiy xomashyo kaustik soda va neftdan olinadigan olein sanaladi. Shu usul bilan olingan sovunni yaxshilab tozalaydilar, har xil ranglarga bo’yaydilar va uning tarkibiga turli muattarlik beruvchi va upa-elik qo’shimchalarni kiritadilar. Balki, siz «tik-tak» sovunini afzal ko’rarsiz? O’ramaga yozilganlarni e’tibor bilan o’qingchi, ko’rdingizmi, uning tarkibiga turli o’simliklar — gulqamishabahor, toshcho’p, kashtan kabilarning tabiiy ekstratlari, shuningdek inson uchun zarur A vitamini qo’shilgan ekan.