ABBREVIATSIYA

ABBREVIATSIYA (lotincha abbreviate – qisqarish), biologiyada – a’zolar yoki ular qismlarining individual rivojlanish jarayonida qisqarishi. Abbreviatsiya ontogenezning oxirgi shakllanishi bosqichi izdan chiqishi natijasida ro’y berib, bu avlodlarda a’zolarning to’liq rivojlanmay qolishiga olib keladi.