Akvarel nima?

Akvarel — bu, suvda eriydigan va u bilan oson o’chiriladigan bo’yoqlar. Tasviriy san’at darslarida o’quvchilar deyarli har doim faqat akvarel bilan rasm chizishadi. Bu rasmlar bo’yoqlarning tiniqligi, mayinligi va tuslarning musaffoligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, akvarel juda tez quriydi, bu esa uni ochiq joylarda ham rasm solish uchun o’ng’ay qiladi. Akvarel bilan suvrat chizish — tasviriy san’atning chaqqon va ayni chog’da yoqimtoy turi. Aksariyat rassomlar naturadan akvarel qoralamalar chizib, keyin esa ustaxonada ularni matoga ko’chirishadi. Biroq, afsuslar bo’lsinki, akvarelda chizilgan rasmlarning umri uzoq bo’lmaydi: bo’yoqlar yorug’likda tezda uniqib ketadi. Binobarin buyuk mo’yqalam sohiblarining bir talay durdonalari zamon o’tishi bilan yo’q bo’lib ketgan. Faqat akvarelni guash bilan chalkashtirib qo’ymaslik kerak. Bu bo’yoq ham suvda eriydi, biroq u ancha chidamlidir.