Poda
Poda – sut emizuvchi hayvonlarning o’zaro bog’liq ayrim xususiyatlari ehtiyoji (turi, ko’payishi, xatti-harakati, mutanosibligi)ga ko’ra yoki xo’jalikda parvarishlab, o’stirish maqsadida bir joyga to’planib yashash.

Poda – sut emizuvchi hayvonlarning o’zaro bog’liq ayrim xususiyatlari ehtiyoji (turi, ko’payishi, xatti-harakati, mutanosibligi)ga ko’ra yoki xo’jalikda parvarishlab, o’stirish maqsadida bir joyga to’planib yashash.
Pnevmokokk – streptokokklar urug’iga mansub bakteriyalar. Zotiljam va nafas a’zolarining boshqa kasalliklarini qo’zg’atadi. Ularni kasal odam balg’amidan topish mumkin.
Poliandriya – Kо’р erlilik – bir urg’ochi zotning bir necha erkak zot bilan jinsiy munosabatlari.
Preadaptatsiya, ilk moslashuv – hali vujudga kelmagan shakl (forma)ning yangi sharoitlarga moslanishini ta’minlash imkoniyatiga ega bo’lgan organizm xususiyati.
Роуа, tana – o’simliklarning barg va mevalarini tutib tuгuvchi hamda ildiz bilan bog’lovchi vegetativ a’zosi. Poykiloterm hayvonlar.
Postflorial – o’simlikning gullagandan keyingi rivojlanishi.
Porfirinlar – siklik tetrapirrol tuzilishga ega tabiiy pigment. Xloгofill, gemoglobin, vitamin В’2 va boshqa birikmalar taгkibiga kiradi.
Populatsiyalar genetikasi – роpulatsiyalarning genotipik tuzilishini, ularning o’zgaгish qonuniyatlarini o’rganuvchi genetika bo’limi.
Populatsiya miqdorini boshqarish – individlar miqdorini ularni qirish yo’li bilan taгtibga solish bo’yicha tadbirlaгni uyushtirish.
Populatsiya – o’zaro osonlik bilan va erkin chatishuvchi, uzoq vaqt davomida aniq bir joyni ishg’ol qilib turuvchi bir turga mansub zot yoki navlar majmui. Populatsiya evolutsion jarayonning elamentar birligi bo’lib, … Read More