Opponent

Opponent (lotincha opponens — e’tiroz bildiruvchi) — 1) bahsda qarshi taraf; 2) ilmiy ma’ruza yoki himoya qilinadigan dissertasiyani tanqidiy taxlil qila oladigan, baxrlay biladigan, ma’ruzachi yoki dissertantga e’tiroz bildira oladigan shaxs. O’zbekistonda fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun qilinayotgan dissertasiya himoyasida kamida 2 rasmiy Opponent (biri dissertantning ixtisosligi bo’yicha fan doktori yoki professor, ikkinchisi fan nomzodi yoki fanning shu sohasi bo’yicha yetakchi mutaxassis), fan doktori ilmiy darajasini olish uchun qilinayotgan dissertatsiya himoyasida kamida 3 rasmiy Opponent (ular fan doktori yoki professor, mumkin qadar dissertant faoliyat yuritayotgan tashkilotdan boshqa tashkilotlardan) belgilanadi. Dissertasiya himoyasida norasmiy Opponentlarning soni cheklanmaydi. Rasmiy Opponentlar dissertasiyani chuqur va har tomonlama tahlil etishlari, shu asosda dissertatsiyaning belgilangan talabga qay darajada javob berishligini, uning ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatini baholagan holda taqriz tayyorlashlari lozim. O’z qarashlari bilan Opponent dissertatsiya himoyasida va uning ilmiy Kengashdagi muhokamasida qatnashadi.