Oq uy nega shunday atalgan?

Oq uy har doim ham oq bo’lmagan va har doim ham shunday atalmagan. Ammo u hamisha Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidentining rasmiy qarorgohi bo’lib kelgan. Bu, poydevori 1792 yilning 13 oktyabrida tashlangan yoshi eng ulug’ federal inshootlardan biri. Imorat me’morlar tanlovida golib chiqqan irland me’mori Jeyms Xoban tomonidan qurilgan edi. Uning loyihasi rezident koshonasi uchun tanlab olingan edi. Avvalboshda u Prezident uyi, Prezident koshonasi va Prezident saroyi deb ham atalgan. Xo’sh, u qay tariqa oq uy nomini olgan? U dastlab kulrang toshdan qurilgandi. 1812 yildagi urush pallasida Britaniya qo’shinlari Vashingtonni ishg’ol qiladilar va Prezident koshonasini yoqib yuboradilar (1812 yilning 24 avgusti). Xoban ish boshilig’ida imorat qaytadan tiklangan va 1812 yilda batomom qurib bitkazilgan edi. Yong’in asorati bo’lmish dog’larni berkitish maqsadida devorlarning kulrang toshlari oqqa bo’yalgandi. Shu bois bino oq uy deb atala boshladi, ammo bu nom Teodor Ruzvelt uni 1902 yilda qonunlashtirmaganiga qadar norasmiy bo’lib qolaverdi. Qizig’i shundaki, Oq uydagi xonalar ham ranglariga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Oval shaklidagi zangorrang xona, — bu, Prezident qabullari va zavjasining xonasi. Qirmizi xona imperiya davri mebellari bilan jihozlangan. Yashil xonadagi mebel ham, buyumlar prezidentlar jon Adams va Tomas Jefferson davriga mansub. Prezident va uning oilasi yashaydigan pushtirang xona esa yuqorida joylashgan.