Oryol

Oryol — Rossiya Federatsiyasi Oryol viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Oka daryosining har ikkala sohilida. Temir yo’l tuguni. Aholisi 346,8 ming kishi (1998). Mashinasozlikning yirik markazi — Avtogreyder, avtoyuklagich, boshqaruvchi hisob mashinalari, «Yantar» soatlari ishlab chiqariladi, priborsozlik, to’qimachilik mashinasozligi rivojlangan. Po’lat quyish zavodi bor. Yengil, oziq-ovqat va boshqa sanoat korxonalari mavjud. 5 oliy o’quv yurti, 3 teatr, I. S. Turgenev (Oryolda tug’ilgan), I. A. Bunin, N. S. Leskov, oryollik yozuvchilar, tarixchi T. N. Granovskiy, kompozitor V. S. Kalinnikov muzeylari, o’lkashunoslik muzeyi, suratlar galereyasi, «Oryol hujumi operatsiyasi» muzey-dioramasi mavjud. O Oryol. 1566 yilda rus davlati Janubiy chegarasini himoya qiluvchi qal’a sifatida qurilgan. 1778 yildan Oryol gubernyasi markazi. 17 asr o’rtalaridan g’alla savdosining muhim markazi. Oryolda 18-19-asrlar tarixiy-me’moriy yodgorliklaridan Nikolo-Peskov va Mixail Arxangel cherkovlari, «dvoryanlar uyasi» (hozirgi shahar madaniyat va istirohat bog’i hududi) atrofidagi binolar saqlangan.