Qorao’zak

Qorao’zak — Qoraqalpog’iston Respublikasi Qorao’zak tumanidagi shaharcha (1984 yildan), tuman markazi. Aholisi 12,3 ming kishi (2005). Yaqin temir yo’l stantsiyasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi poytaxti Nukus shahridan (72 kilometr). Paxta tozalash, g’isht zavodlari, qurilish tashkilotlari, 2 avtokorxona, MTP, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari bor. Kichik biznes korxonalari, mikrofirmalar faoliyat ko’rsatadi. Umumiy ta’lim, bolalar musiqa maktablari, litsey, kasb-hunar kolleji, madaniyat uylari, kutubxonalar mavjud. Markaziy kasalxona, poliklinika, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat ko’rsatadi. Qorao’zakdan Nukus shahrigacha avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.