Qo’rg’ontepa suv ombori

Qo’rg’ontepa suv ombori – Farg’ona viloyatining Oltiariq tumani Janubda, Oltiariq shaharchasidan 10 kilometr uzoqlikda barpo etilgan gidrotexnika inshooti. Shohimardon Daryosi va Fayziobodsoy suvini mavsumiy yig’adi. 1-navbati 1975-77, 1-navbati 1980-81 yillarda qurilgan. Suv ombori yonma-yon joylashgan 2 ombordan iborat, tabiiy soyliklarning oldini to’sib hosil qilingan. Arabtepasoyda qurilgan 1-omborning to’liq hajmi 24,0 million metr tuproqli to’g’oni balandligi 45 metr, to’g’oni uzunligi 620 metr, suv yuzasi 2,4 kilometr maksimal suv chiqarish imkoniyati 5 m/sekund. Kemko’lsoydagi 2-omborning to’liq hajmi 8,7 million m3, to’g’oni balandligi 35 metr, uzunligi 450 metr, » suv yuzasi 1,3 km\ suv o’tkazish imkoniyati 10 m3/sek. Janubiy Farg’ona kanalita va So’x-Shohimardon kanaliga suv beradi, 11 ming gektar yer maydonini sug’oradi.