SHABARON

SHABARON, Shabron (Eroncha Shopur nomidan) — 1) Ozarbayjondagi qadimgi shahar xarobasi. Kuba shahridan 25 kilometr Janubi sharqda joylashgan. Sosoniylardan Xusrav I Anushirvon tomonidan asos solingan (6-asr) shu nomdagi tarixiy viloyat markazi bo’lgan. O’rta asrlarda Shirvon tarkibiga kirgan, ipak savdosining yirik markazi hisoblangan. Shabaron orqali Astraxon — Shemaxa karvon yo’li o’tgan. 18-asr boshida turklar tomonidan vayron qilingan; 2) Ozarbayjondagi tarixiy viloyat. Kaspiy dengizining Kavkaz sohilida joylashgan. Miloddan avvalgi 7-asrda Shabaron hududida podsho skiflari qabila Ittifoqi — Ashguz vujudga kelgan. U Ossuriya qulab, Urartu zaiflashgach, o’z hukmronligini Sharqiy Zakavkazening butun qududiga tarqatgan. Milodiy 1-2-asrlarda Shabaron Kavkaz massagetlari (mazkutlar) podsholigi tarkibiga kirgan, 4-9- asrlarda Shabaron hududida qadimgi Lezginlarning Xursan knyazligi mavjud bo’lgan; 9-asr o’rtalaridan Shabaron Shirvon tarkibida. Ad.: Minorskiy V.F, Istoriya Shirvana i Derbenda X—XI vv., M., 1963.