“Yetti erkin san’at”

“Yetti erkin san’at” (lotincha septem artes liberates)-o’rta asrlar maktablarida va universitetlarning “artistik” (tayyorlov) fakultetlarida o’rgatiladigan o’quv fanlari. 2 bosqich-trivuim (grammatika, ritorika, dialektika) va kvadrivium (arifmetika, geometriya, astronomiya, musiqa)dan iborat bo’lgan. “Yetti erkin san’at” antik davrdayoq shakllangan. O’rta asrlar davrida dinning hukmronligi ortishi va madaniyatning inqirozi sababli qadimgi davr olimlari tomonidan limning bu sohalariga qo’shilgan boy mazmun diniy maqsadda foydalaniladigan oddiy ma’lumotlarning cheklangan miqdoridan iborat qilib qo’yildi. Uyg’onish davrida ishlab chiqarish ehtiyojlari ortishi bois, ta’limning mazmuni o’zgardi. “Yetti erkin san’at”ning dunyoviy shakli tiklandi. “Yetti erkin san’at” tizimi o’rnini asta-sekin mumtoz gimnaziyalar tizimi egalladi.