Amir Temur solnomasi
Muhammad Ali. Amir Temur solnomasi
Amir Temur qachon va qayerda tug’ilgan?
1360-1370 yillarda Turkistondagi vaziyat
Mustaqil Turon davlatiga asos solinishi
“Sohibqiron” so’zining ma’nosi
Uch yillik, besh yillik, yetti yillik yurishlar va ularning sabablari
Amir Temur sajiyasi siyratida chizgilar
Dunyo adabiyotida, musiqasida, tasviriy san’atida Amir Temur haqida yaratilgan ilk asarlar
Sohibqiron hikmatlaridan namunalar
Amir Temur haqida davlat va madaniyat arboblari fikrlaridan namunalar
Muqaddima
Shukurlar bo’lsinkim, Mustaqillik tufayli buyuk bobomiz haqidagi haqiqatning ro’yobga chiqishi, tantanasi kun tartibiga qo’yildi. Bu millat tarixi, Vatan taqdiri uchun nihoyatda muhim edi. Takror ta’kidlash joizki, Sohibqiron Amir Temurning bizga qaytib bergan, bu borada hormay-tolmay haqni qaror toptirgan zot O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovdir. Ushbu ulug’ xizmatlari undan behad minnatdordir. Prezidentimiz “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli sermazmun kitobida xalqimizning toptalib kelgan milliy g’ururni yuksaltirish, Sohibqiron bobomizning muborak nomi, tarixiy siymosi, boy merosi va xotirasini tiklash yo’lida mamlakatimizda qo’yilgan qutlug’ qadamlar to’g’risida batafsil hikoya qilingan. Ha, buyuk bobomiz haqidagi haqiqiat tiklandi, adolat qaror topdi. 1996 yil O’zbekistonda “Amir Temur yili” deb ataldi. YuNESKO qarori bilan Sohibqiron tavalludining 660 yilligi nihonlandi. Toshkent, Samarqand va Shahrisabzda Amir Temurning muhtasham haykallari o’rnatildi. Bugun biz o’zining bemisl aqlu tafakkuri, shaxtu shijoyati bilan jahon taraqqiyotiga, tarix jarayoniga ulkan ta’sir ko’rsata olgan, madaniyatlar barpo bo’lishida xolis xizmat etgan siymo haqida baralla so’z deya olamiz. G’ururimiz, faxru iftixorimizni yashirib o’ltirmaymiz. Vatan uzra Sohibqiron Amir Temurning o’lmas ruhi kezib yurganini har lahza his etamiz. Sohibqiron Amir Temur shaxsiyati jahon tarixida juda kam uchraydigan hodisadir. “Buyuk shaxslarni millat qayg’usi, xalq dardi yaratadi”, degan edi Prezidentimiz. Chindan ham, millat qayg’usidan, xalq dardidan yaralgan bizning bobomizdan ulug’ zotning dunyoga kelishi zamon zarurati va talabiga aylandi, boshqacha aytganda, tarix va zamon o’z qahramonini o’zi jahon maydoniga olib kirdi.