Kegl necha yoshda?

Dumaloq buyumni tik turgan nishonlar guruhi tomon dumalatish g’oyasi o’yin usuli sifatida odamzot miyasida tug’iladi. Misrlik yoshi 7000 yildan oshib ketgan mozorlarida keglga o’xshash bo’lgan o’yinlar uchun yaroqli bo’lgan moslamalarning qoldiqlari topilgan. Hali tosh davridayoq nishon o’rnida xizmat qiluvchi bo’yalgan toshlarga qarata qayrohtoshlarni dumalatish o’yini mavjud bo’lganini ko’rsatuvchi dalillar ham bor. Yozma guvohliklar esa, koptok dumalatish Yevropa dorilrohiblarida diniy marosimlarning bir qismi sifatida 700 yil muqaddam vujudga kelgan edi, deydi. O’sha zamon dehqonlari kalisoga kelayotganlarida chillak sudrab kelishardi. Aytishlaricha, ruhoniylar marosimni qizdirish maqsadida odamlarga chillak yovuzlik va qusurlarni gavdalantiradi, deyishgan. Chillakni bir burchakda qo’qqaytirib qo’yishardi-da, dehqonlar unga qarata toshlar yoki to’plarni dumalatishar edi. Mabodo kimdir nishonga urgudek bo’lsa maqtashar, agar tekkizolmay qolsa, unga risoladagidek turmush kechirishni maslahat berishardi. Ruhoniylar chillakni nishonga olish uyini bilan qiziqib qolishadi, darvoqe «kegl» so’zining o’zi ham chillak ma’nosini anglatadi. Ular bu ishni o’zlari qilib ko’rmoqchi bo’lishadi, shu yusin yangi o’yin paydo vujudga keladi. Keyinchalik aslzoda zotlar va unvonsiz mayda amlokdorlar ham bu o’yinning muhibiga aylanishadi. O’rta asrlarda kegl juda keng tarqaladi va xususan, Germaniyada eng ommaviy o’yinga aylanadi. Bu o’yin Angliyada ham tarqala boshlagach, odamlar unga juda qiziqib qoladilar. Genrix VIII hukmronligi davrida kegl shu qadar teran ildiz otgani bois 1530 yilda qirol o’z mulkida kegelban qurishga farmon beradi. Daniyalik ilk muhojirlar o’zlari bilan birga Amerikaga 9 chillakdan iborat o’yinni olib kelishadi va Nyu-Yorkdagi chimzorlarda ermak qilishadi.