Librevil

Ma’nosi

Librevil — Gabon poytaxti. Mamlakatning yirik sanoat markazi va dengiz porti. Estuariy provintsiyasining ma’muriy markazi. Mamlakatning shimoliy-g’arbiy qismida, Gabon buxtasi sohilida joylashgan. Iqlimi ekvatorial iqlim; eng sovuq oy (iyul)dagi temperatura 24°, eng issiq oy (aprel)da 27°. Yiliga o’rtacha 2648 mm yog’in yog’adi. Aholisi 362 mingdan ziyod kishi (1990-yillar o’rtalari). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Librevilga 1849 yilda Portugaliyaning qullar tashiladigan kemasidan ozod bo’lgan afrikalik-qullar guruhi tomonidan asos solingan (nomi ham shundan kelib chiqib, Fransuz tilida «Erkin shaqar» degan ma’noni anglatadi). 1886-88 yillarda gabon frantsuz mustamlakasi gubernatori qarorgohi; 1888-91 yillar Gabon-Kongo frantsuz mustamlakasining, 1891 — 1904 yillar Frantsiya Kongosining ma’muriy markazi. 1960 yildan mustaqil Gabon poytaxti. Taxta tlish va yog’ochsozlik (faner ishlab chiqarish) sanoati korxonalari, shuningdek, yengil (to’qimachilik, poyabzal, mebel) va oziq-ovqat (kofe, sholi oqlash, tamaki qayta ishlash) sanoati; elektr va radio jihozlari ishlab chiqariladi, kema verfi bor. Neft, yog’och-taxta, faner, kofe, kakao eksport kilinadi. Shaharning Markaziy qismida Prezident saroyi, Milliy Majlis, o.Bongo nomidagi universitet, Radio va televidenie uyi, savdo muassasalari kabi ko’plab zamonaviy binolar, Librevil yaqinida chuqur suvli Ovendo porti qurilgan.

O‘xshash so‘zlar

L harfi: barcha so‘zlar