Marr Nikolay Yakovlevich

Marr Nikolay Yakovlevich [1864.12 (1865.6.1), Kutaisi – 1934.20.12, Lenin- grad] — sharqshunos, tilshunos olim. Rossiya FA akad. (1912). Peterburg untining sharqshunoslik f-tini tu- gatgan (1890). Tadqiqotlarini arman- gruzin tilining genetik aloqalarini o’rganishdan boshlagan («Arman va gruzin Filol. bo’yicha matnlar va izlanishlar», l-13-a.larbo’yicha; 1900-13). M., shuning- dek, Kavkaz tillari (kartvel, abxaz va b.), tarixi, arxeologiyasi va etnografi- yasi sohalarida asarlar yozgan. Kartvel tillari grammatikasini o’rganish jara- yonida bu tillarning jahondagi boshqa tillar b-n qarindoshligini aniqlashga uringan va bir qator faraziyalar (kart- vel tillarining semit, bask va b. tillar b-n qarindoshligi)ni bayon etgan. Ammo bu faraziyalari ilmiy tilshunoslik faktlari b-n mos kelmagach, mutlaqo yangi lingvistik nazariyani — «yafetik naza- riya» ni ilgari surgan (lekin bu nazariya ham umum tomonidan qabul qilinmagan). M. til va jamiyat, til va tafakkur muno- sabati muammolarini o’rganish tilshu- noslik taraqqiyoti uchun muhim ahami- yatga ega ekanligini ta’kidlagan. M. bir qator tillarni o’rganish va yozuvi bo’lmagan tillarning yozuvlarini yaratish sohasida ko’p ishlar qilgan. Ad.: Izbrannie Raboti, t. 1-5, M. — L., 1933-37.