Qobulov Vosil Qobulovich

Qobulov Vosil Qobulovich (1921.5.9, Toshkent) — matematik olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1966), fizika- matematika fanlari Doktori (1961), professor (1964). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1977). Toshkent temir yo’l muhandislari institutini tugatgan (1949). Chorjo’y — Qo’ng’irot temir yo’l qurilishida ishlagan (1949-50). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi inshootlar institutida aspirant, ilmiy xodim (1950-57). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi matematika institutining hisoblash texnikasi bo’limi mudiri (1957-63). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Mexanika instituti va hisoblash markazi Direktori (1963-66). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Kibernetika instituti direktori (1966-77), institut O’zbekiston Fanlar Akademiyasining «kibernetika» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirilgach, uning bosh direktori (1978-92). Ilmiy ishlari hisoblash texnikasini fan, texnika va xalq xo’jaligining turli sohalariga joriy etish bilan bog’liq. Beruniy nomidagi O’zbekiston davlat mukofoti laureati (1971). «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1998). As: Algoritmizasiya v tsorii uprugosti i deformasionnoy teorii ilastichnosti, T.. 1966; aql mo»jizasi. T,, 1974; Funktsioial analiz va hisoblash matematikasi, T., 1976; Algoritmizasiya v mexanike sploshnnx Sred. T, 1978. Ad.: O’zbekiston kibernetiklari, T.. 1996.