SAYLOV JARAYONI

Ma’nosi

SAYLOV JARAYONI — saylovlarni tashkil etish va o’tkazish yuzasidan amalga oshiriladigan tadbir va choralar yig’indisidir. Saylov jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: a) saylov kunini belgilash; b) saylov okruglarini belgilash va ularda saylov uchastkalarini tashkil etish, saylovchilar ro’yxatini tuzish; v) siyosiy partiyalar tomonidan nomzodlarni ko’rsatish va ro’yxatga olish; g) nomzodlar va siyosiy partiyalar tomonidan saylovoldi tashviqotini olib borish; d) ovoz berish va ovoz berish natijalarini aniqlash; e) saylov natijalarini e‘lon qilish.

O‘xshash so‘zlar

S harfiga oid fuqarolik jamiyatiga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar