STATUS

STATUS (lot. status – holat, vaziyat) — 1) ijtimoiy tizimda shaxs yoki guruhning boshqa shaxs yoki guruhga nisbatan tutgan o’rni. Iqtisodiy, siyosiy mutaxassislik va boshqa belgilarga ko’ra aniqlanuvchi holat; 2) tashkilot yoki muassasa nizomi, maqomi; 3) davlat belgisi, atributi, ramzi va shu kabi holati. Status – ma‘lum paytda bo’lib turgan vaziyat, holat shaxsning yuridik holat maqomi, davlat organi, jamoat va xalqaro tashkilotni aniqlaydigan barcha qonunlar va majburiyatlar.