AL-ORAZ

AL-ORAZ (Arabcha — chehra, ko’rinish) — o’rta asr yaqin va O’rta Sharq falsafasida aktsidentsiya ma’nosida qo’llanilgan tushuncha. Javhar (substantsiya) narsa va hodisalarning moddiyligini, asliy substantsional xislatlarini ifodalash va shuning zaminida ularning abadiyligi, yo’qolmasligining asosi sifatida talqin etilgan bo’lsa, Al-oraz narsalarning o’zgaruvchan moddiy xislatlari — rangi, bo’yi, eni, shakli kabilarni ifodalagan. Masalan, kursining yog’ochi, taxtasi javhar bo’lsa, ko’rinishi, bo’yog’i kabilar orazi hisoblangan.