Go’ngxo’rlar

Go’ngxo’rlar – qo’ng’izlarning bir necha turkumini birlashtiruvchi guruh. Ko’pchiligining qo’ng’iz va qurtlari go’ng bilan oziqlanadi, ba’zilari o’likxo’r, ayrimlari esa o’simlikxo’rdir. Bular atrof-muhitni tozalashda sanitar hasharotlar sifatida muhim ahamiyatga ega.