MERSERIZASIYA
MERSERIZASIYA [ingliz ixtiro- chisi J. Merser (1791 — 1866) nomi- dan] — 1) to’qimachilikda — ipgazlama yoki tsellyuloza tolali materiallarga maxsus ishlov berish usuli. O’yuvchi na- triyning suvdagi eritmasi b-n 15-18° t-Rada amalga oshiriladi. Material- larning pishikligini, yaltiroqligini, gigroskopikligi (nam shimuvchanligi) ni, bo’yaluvchanligini oshiradi. Maxsus M. mashinalarida bajariladi; bunda materialga o’yuvchi natriyning suvda- gi eritmasi shimdiriladi, siqib suvi chiqarib tashlanadi va toza suvda yuvila- Di, quritib va preesdan o’tkazib tekis- lanadi; 2) tsel-lyulozaga 15-55° t-Rada o’yuvchi natriyning suvdagi eritmasi b-n ishlov berish; viskoza va tsellyulo- zaning boshka hosilalarini tayyorlash bosqichlaridan biri. M.da uzluksiz yoki davriy ishlaydigan (press-vanna) usku- nalar qo’llaniladi. Bularda tsellyuloza- ga o’yuvchi natriy eritmasi shimdiriladi, so’ngra siqib tashlanadi. M. natijasida tsellyulozaning asosiy xossalari yaxshi- lanadi (pishiqlashadi, yaltiroqlashadi va h. k.).