Muzlik yotqiziqlari

Muzlik yotqiziqlari – hosil bo’lishi hoz. yoki qad. tog’muzliklari va materik muz qoplamlari b-n genetic bog’liq bo’lgan geologik yotqiziqlarning katta guruhi. Muzlik (glyasi-al yoki morena) va suv-muzlik yotqiziqlariga bo’linadi. M.yo. muzlik o’rnida muz b-n keltirilgan chaqiq jinslardan vujud- ga keladi. Har xil o’lchamdagi bo’sh tog’ jinslari, valunlar, qumtoshlar, qum va h.k.dan iborat. Suv-muzlik yotqiziklari muzlik ichida va chekkalarida erigan suv oqimi b-n hosil bo’ladi. M.yo.ning barcha turlari murakkab birikmadir. Antropo- gen davrida katta materik muzliklari bepoyon maydonlarni krplab yotgan.