Qozoqmozortepa

Qozoqmozortepa – arxeologik yodgorlik. Toshkent shahrining Uchtepa tumani Lutfiy ko’chasida. Qozoqmozortepa deb atalishi 18-asrda jung’arlarning bosqini davrida qozoqlarning O’rta Osiyoga jadallik bilan kirib kelishi bilan bog’liq. Qozoqmozortepadan hozir balandligi 3 metr diametri 12 metrli kichkina tepalik qolgan. Tepalikning g’arbida o’rta asrlarga oid qabriston joylashgan. Rejali arxeologik qazish o’tkazilmagan. Chilonzorda qurilish ishlari ketayotganda Toshkent arxeologiya otryadi (V.A.Bulatova, D.I. Zilper, M.I.Filanovich) tomonidan kuzatuv ishlari olib borilib 2 ta shurf qazilgan va bittasi o’rganilgan. 9-12-asrlarga oid sopol xum, lagan, qozon, ko’za, xur- machalar topilgan. topilmalar ichida ahamiyatlisi sopoldan ishlangan yirik idish va dasturxonlarga naqsh bosadigan shtampdir. arxeologik tadqiqotlarga qaraganda. Qishloq 9-12-asrlarda gullab yashnagan. Rivoyatlarga qaraganda, Ulug’bek davrida cho’ponlar homiysi — cho’pon ota ko’milgan joyda maqbara qurilgan. Hozir ham bu joy ziyoratgohdir. Ad.: Drevniy Tashkent, T., 1973.