SHERMUHAMMAD MADRASASI
SHERMUHAMMAD MADRASASI — Qarshidagi me’moriy yodgorlik (17— 18-asrlar). Madrasa chorsi tarhli, bosh tarzi besh xonadan iborat. Markazida miyonsaroy, 2 yonida darsxona joylashgan, burchaklariga guldastalar ishlangan. Guldastalar tepasi fonusli, miyonsaroy orqali hovliga chiqiladi. Hovli atrofi oldi ravoqli hujralar bilan o’ralgan. Bezagida ganch o’ymakorligi va chaspak uslubida girih naqshlar qo’llanilgan.
O‘xshash so‘zlar
- Shermuhammad
- Sherna baxshi
- Sherobod
- Sherobod dostonchilik maktabi
- Sherobod kanali
- Sherobod tumani
- Sherobod-Sariqamish qirlari
- Sheroboddaryo

