ALCHEVSK
ALCHEVSK (1931-61 yillarda Voroshilovsk, 1961-92 yillarda Kommunarsk) — Ukrainaning Lugansk viloyatidagi shahar. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 126 ming kishi (1989). Metallurgiya kombinati, koks kimyosi zavodi va boshqalar bor. Kon-metallurgiya instituti, tarix, geologiya-mineralogiya muzeylari mavjud. Alchevskga 1825 yilda asos solingan.
O‘xshash so‘zlar
- ALDAN
- ALDAN TOG’LIGI
- ALDAR KO’SA
- ALDARAZSOY
- ALDEBARAN
- ALDEGIDLAR
- ALDEGIDOKISLOTALAR VA KETOKISLOTALAR
- ALDER KURT


