ALEKSANDROPOL QO’RG’ONI
ALEKSANDROPOL QO’RG’ONI – skiflarning «podsho» qo’rg’onlaridan biri (miloddan avvalgi 3-asr). Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatining Nikopol shahri yaqinida. A. Tereshchenko (1852-54) va A. E. Lyusenko (1855-56) tomonidan tekshirilgan. Aslzodalarning ikki kamerakatakombalardagi qabrlari qadim zamonlardayoq talon-taroj qilingan. Saqlanib qolgan ashyolar: tepalikdan jang aravasi qoldig’i, Markaziy kamera yaqinidan ot qabri, qandaydir inson (ehtimol xizmatkor) skeleti va o’sha kameraning yo’lagidan 14 ot skeleti topilgan. Otlar yonidan skif va skif-yunon san’ati namunalari — oltin, kumush bezakli yuganlar va egar topilgan.