ALOQA MARKALARI

ALOQA MARKALARI — pochta xabarlarini yuborish uchun xizmat haqi to’langanligini ko’rsatuvchi, pochta boshqarmasi chiqargan pullik belgilar. Pochta haqi to’lash belgilariga pochta markalaridan tashqari, marka bosilgan konvertlar va pochta kartochkalari ham kiradi. O’zbekiston mustaqilikka erishgandan so’ng mamlakat hayotiga doir turli mavzudagi Aloqa markalari ishlab chiqarilmoqda.