AMALIY AGROELEKTRONIKA

AMALIY AGROELEKTRONIKA – fan va texnikaning maxsus elektron qurilmalar, tizimlar va electron hisoblash texnikasini yaratish, ularni qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida qo’llash bilan shug’ullanadigan yo’nalishi. Asosiy vazifalari: tuproqning fizik-kimyoviy va mexanik ko’rsatkichlarini kuzatuvchi mikroelektron qurilmalarni turli maqsadlarga mo’ljallangan yangi mikroelektron texnikani yaratish va ulardan dehqonchilikda foydalanish; aerokosmik usullardan qishloq xo’jaligida foydalanish; dehqonchilik mahsulotlarining sifatini oshirishga oid agrostandartlarni tuzish; qishloq xo’jaligini to’la kompyuterlash va axborotlashtirish va boshqalar. Kompyuterlar va maxsus mikroelektron qurilmalarni qishloq xo’jaligida qo’llash ekinlar hosildorligi va ish unumdorligini oshirishga, sifat ko’rsatkichlarini yaxshilashga imkon beradi, suv va energiya tejaladi.