AMBLIOPIYA

AMBLIOPIYA (Yunoncha amblys — o’tmas, zaiflashgan) — ko’z optik sistemasi, to’r pardasi yoki ko’ruv nervi tolasining bir yoki ikki tomonlama shikastlanishi natijasida ko’rishning pasayishi. Shikastlanish ko’ruv analizatorining ko’z kosasidan boshlab to bosh miyagacha bo’lgan yo’llaridan qaysi birida sodir bo’lgan bo’lsa, shunga qarab Ambliopiyaning turli shakllari yuzaga kelishi mumkin. Masalan, shikastlanish xiazma, ko’ruv yo’li va po’stloq osti ko’ruv markazlarida yuz bergan bo’lsa, gemianoptsiya ruy beradi. Bunda bemor ikki ko’zi bilan qaraganda shakllarning faqat yarmini, ya’ni yo o’ng yoki chap tomonini ko’radi.