Oda

Oda (Yunoncha aoide — qo’shiq) — she’riy va musiqiy janr. Yunonistonda paydo bo’lib, tantanavor, ko’tarinki ruxda yaratilgan nasihatomuz xor qo’shig’iga nisbatan aytilgan (Pindar va boshqalar). 17-asrdan Yevropa musiqasida biror kishi sha’niga yoki muhim voqea munosabati bilan yaratilgan vokal-cholg’u musiqa asari. Kantatata yaqin (G. Pyorsell, G. F. Gendel, I. S. Bax, L. Betxoven va b.) hamda cholg’u jo’rligidagi qo’shiq (G. F. Teleman, K. F. E. Bax, K. F. Glyuk va boshqalar) turlari mavjud. Hozirda turli shakldagi tantanavor, gimnga yaqin musiqa asari (I. Stravinskiy, S. Prokofev, A. Shyonberg, M. Burhonov va boshqalar).