Odessa universiteti, II. Mechnikov nomidagi Odessa universiteti

Odessa universiteti, II. Mechnikov nomidagi Odessa universiteti — Ukrainadagi qadimgi universitetlardan biri. Tarixi 1865 yil Odessada tashkil etilgan Novorossiysk universitetidan boshlanadi. 1920 yil Novorossiysk universiteti negizida bir qancha oliy o’quv yurtlari vujudga keldi. 1933 yil universitet qayta tiklanib, Odessa universiteti deb atala boshlandi. 1945 yil unga rus biolog olimi I. M. Mechnikov nomi berilgan. Universitet fizika, matematika, kimyo, biologiya, geologiya, geografiya, tarix, filologiya, huquq va boshqa ixtisosliklar bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Universitetda 10 mingdan ortiq talaba ta’lim oladi.