Otamurodova Orzigul
Otamurodova Orzigul ( 1923.5.1, Nukus tumani) — xonanda. O’zbekiston xalq artisti (1969). Koraqalpoq davlat musiqali drama va komediya teatri qoshida ochilgan balet kursini tugatgan (1944). 1953 yilgacha shu teatrda aktrisa sifatida ishlab, Oysanam (S. Xo’janiyozov; O. Halimov, J. Shomurodov, «suymaganga suykanma»), Hurliyman (J. Oymirzaev; O. Halimov, «Berdaq»), Shohista (Uyg’un; M. Leviev, «Oltin ko’l») kabi obrazlarni yaratdi. Berdaq nomidagi Koraqalpoq davlat filarmoniyasi (1959-63), Qoraqalpoq davlat televideniesi va radio qo’mitasi (1953-59 va 1967 yildan) yakkaxon xonandasi. «Eshvoy», «Hoshim polvon», «yora yondim» kabi xalq, «Vatanim — jonim onam», «bog’bon qiz», «Bo’ylaringdan» singari zamonaviy qo’shiqlar Otamurodova repertuaridan o’rin olgan.