Rafiqov Afzal Azimovich

Rafiqov Afzal Azimovich (1948.21.8, Toshkent) — O’zbekiston xalq artisti (2000). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1974). 1973 -87 yillar Hamza teatrida, 1987 yildan Abror Hidoyatov nomidagi teatrda aktyor. Yaratgan obrazlaridagi dard, iztirob, qarama-qarshi hissiyotlar, o’ziga xos musiqaviy ovoz, rang-barang ohang, tinim va bosimlari bilan tomoshabinni o’ziga rom etishga erishadi, shuningdek, romantik an’analarni hayotiy talqin usuli ila uyg’unlashtira olishi bilan ajralib turadi. «Qaroqchilar» (F. Shiller) spektaklidagi Shveytser roli bilan sahnadagi faoliyatini boshlagan. Keyinchalik Aleksandrov (L. Tolstoy, «Tirik murda»), Zokirov (S. Abdullin, «O’n uchinchi rais»), tarso (T. Tula, «Nodirabegim»), Navoiy, Iskandarning otasi (Sh. Rizaev, «Iskandar»), Faridun (Firdavsiy, «Faridun»), Yago (U. Shekspir, «Otello»), Lir (U. Shekspir «Qirol Lir»), Aslzoda (A. Tsagareli, «Xonuma») kabi rollari bilan tanilgan. Kinoda («Yaratganga shukur»da Ahmad, «Alpopish»da Boybo’ri va boshqalar), televizion filmlarda («diyonat»da Proxor, «Girdob»da ilmiy kotib, «Ichkuyov»da Sergey, «omon bo’lsang, unutma»da Guskov kabi) ham suratga tushgan. Rafiqov o’zbek dublyaj san’ati rivojiga katta hissa qo’shganlardan, 1000 dan ortiq filmga ovoz bergan («Lev Tolstoy»da tolstoy, «g’alaba» filmida Stalin, «hayot mazmuni»da Usmon Yusupov va boshqalar). Bir nechta televizion hujjatli filmlar matnini o’qigan. «Gulshan» radiojurnalining boshlovchisi, bir qancha radiopostanovkalar («Usmon Nosir», «Xabib Abdullaev» va boshqalar)ni olib borgan.