Orsha

Orsha — Belorussiyaning Vitebsk viloyatidagi shahar. Dnepr daryosi bo’yida. Yirik temir yo’l tuguni. Aholisi 125,7 ming kishi (1998). Zig’ir tola kombinati, stanoksozlik, asbobsozlik, «Legmash» va boshqa zavodlar; qurilish materiallari, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Orsha dastlab (rsha shaklida) 1067 yilda tilga olingan. 1359 yildan Litva va Polsha tarkibida, 1772 yildan Rossiya imperiyasi tarkibida bo’lgan. Shaharda Bogoyavleniye monastiri (17-asr boshlari), Barokko cherkovi bilan uniat monastiri (18 asr) saqlanib qolgan.