Qir chigirtkasi

Qir chigirtkasi, Turon chigirtka — to’g’riqanotlilar turkumiga mansub hasharot. G’alla ekinlari zararkunandasi. O’rta Osiyo va Qozog’istonda tarqalgan. Erkagining kattaligi 24-32 millimetr, urg’ochisi 35-50 millimetr. Soni sariq yoki kulrang, boldiri tashqi tomonidan sarg’ish, ichki qismi och qizg’ish. May o’rtalarida lichipkasi chiqadi. Rivojlanish davri 40-45 kun. Asosan, lalmikor yerlarda yashab, g’alla ekinlariga zarar keltiradi. Kurash choralari: agrotexnika tadbirlariga rioya qilish va zaharli xo’raklardan foydalanish.