Qumri

Qumri — kaptarsimonlar turkumi, kaptarlar oilasiga mansub qush. Afrika, Osiyo (jumladan, O’rta Osiyo)da, Yevropada Bolqon yarim orolidan Boltiq bo’yi mamlakatlarigacha bo’lgan hududlarda tarqalgan. Kattaligi musichadek. Usti qo’ng’ir-kulrang. Tomog’ida yarim oysimon qora yo’li bor. Bo’yni va ko’kragi kulrang-pushti, bosh va qorni ko’kish-kulrang. Dum patlarining uchi oq. Qanotlari kaltaroq. Aholi punktlarida, shaharlarda yashaydi. O’troq hayot kechiradi. Uyasini daraxt, binolarga yasab, 1— 2 ta tuxum qo’yadi. Tuxumini nari va modasi navbatlashib 15-16 kun bosadi. Jo’jasi 15— 17 kunda uchirma don, urug’, ba’zan hasharotlar bilan oziqlanadi. Keyingi yillarda soni ko’payib bormoqda.