Ribo
Ribo (Arabcha — sudxo’rlik) — pulga fonda (foiz) olish; sudxo’rlik. Islomdan ilgari arablar orasida Ribo keng tarqalgan edi. Ilk Islomda savdo qilish va u orqali foyda ko’rish keng rag’batlantirilgani holda, pulga evazsiz foyda olish qat’iyan taqiqlangan va bu taqiq Qur’onda ham o’z ifodasini topgan (2:276). Hozir ham musulmon mamlakatlaridagi bank va moliya ishlarida unga amal qilinadi.
O‘xshash so‘zlar
- Ribosoma
- Ribosomalar
- Ribonuklein kislotalar
- Ribonuklein kislotalar
- Ribosim(i) nima degani
- Ribonukleinovaya kislota (RNK), ribonuklein kislota (RNK)
- Richag
- Richards (Richards) Dikinson


