Rojdestvo

Rojdestvo (ruscha — tug’ilish) (Rojdestvo Xristovo), Isoning tug’ilishi bayrami — xristian dinining asosiy bayramlaridan biri. Iso tug’ilgan kun sharafiga cherkov joriy etgan. 25 dekabrda (ayrim mamlakatlarda Yuliy kalendari bo’yicha, boshqalarida Grigoriy kalendari bo’yicha) nishonlanadi. Rus, bolgar, serb va boshqa pravoslav cherkovlari Yuliy kalendaridan foydalanadi, bu kalendardagi 25 dekabr Grigoriy kalendaridagi 7 yanvarga to’g’ri keladi. Pravoslavie an’anasida 12 bayram jumlasiga kiradi.